Rossiya gazisiz bir haftaga ham borishmaydi – Medvedev Yevropa haqida
Olam
−
23 aprel 2022
21140Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Yevropa komissiyasining Yevropa davlatlari uchun Rossiya gazi uchun rublda to‘lashga roziligi haqidagi xabarlarga kinoya bilan munosabat bildirdi.
“Yevropa komissiyasi gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishga ruxsat berdi, demak Rossiya Prezidentining farmoni hali ham Yevropa biznesi tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Biz yevropalik hamkorlarimizning izchilligi va halolligini qadrlaymiz”, deb yozgan Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
U Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yevropa olti oygacha Rossiya gazisiz muammosiz yashashi mumkinligi haqidagi ma’lumotigae’tibor qaratgan.
“Ammo jiddiy aytsa, ular hatto bir haftaga ham yetib bormaydi”, degan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Medvedev.
Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa davlatlari jiddiy muammolarsiz bor-yo‘g‘i olti oy Rossiya tabiiy gazisiz yashay olishi, shundan so‘ng jiddiy iqtisodiy muammolar boshlanishi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa komissiyasi ittifoqqa a’zo davlatlar va kompaniyalarga Rossiyadan sanksiyalarni buzmagan holda gazni rublda sotib olish mumkinigi haqida tushuntirish yuborgandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya gazini “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar”ga rublda sotish to‘g‘risidagi farmon kuchga kirdi. Bunga Yevropa davlatlari Moskvaning Ukrainaga harbiy bosqini ortidan joriy qilgan mislsiz sanksiyalari sabab bo‘ldi. Yevrokomissiya dastlab gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirish joriy qilingan sanksiyalarni buzish deb hisoblayotgani aytilgandi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu borada yagona pozitsiyaga ega emas. 13 aprel kuni Avstriya kansleri Karl Nexammer uning mamlakati Germaniya, Vengriya va Bolgariya bilan birgalikda Rossiya gazi yetkazib berish embargosiga qarshi ekanini aytdi.
Shuningdek, Italiya Rossiya talab qilayotgan gaz uchun yangi to‘lov shartlarini Yevropa Ittifoqi tomonidan bu xatti-harakatlarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning buzilishi sifatida tan olsa, bajarishdan bosh tortishi ham ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi