Rossiya g‘alaba qozonmasligi uchun AQSH Ukrainada tinchlikka erishishi kerak – OAV
Olam
−
22 avgust 2023 12136 1 daqiqa
Rossiya urushda g‘alaba qozonib, AQSH va NATO obro‘siga jiddiy putur yetkazishidan oldin Vashington Ukrainada tinchlik o‘rnatishga harakat qilishi kerak. Bu fikrni AQSHning “National Interest” nashri mualliflari bildirdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi Ukrainaga unchalik yordam bermayapti va Kiyevning qarshi hujum maqsadlariga erishish ehtimoli kundan-kunga kamayib bormoqda.
Keltirilishicha, “Koreys” ssenariysi Qo‘shma Shtatlar uchun eng yomoni emas, chunki bu Vashingtonga Moskva bilan munosabatlardagi keskinlik darajasini pasaytirish va Yevropa xavfsizlik arxitekturasining kelajakdagi traektoriyasi bo‘yicha muloqotni tiklash imkonini beradi.
Ularning fikricha, bu AQSHga Xitoyni ushlab turish uchun yetarli e’tibor qaratishga yordam beradi.
Shuningdek, nashr mualliflari Rossiya muzokaralar olib borishga emas, aynan g‘alabaga intilmoqchiligini qayd etgan. Ular mojaroning barcha tomonlari, shu jumladan, Rossiya bilan kelishuv g‘oyasi Vashingtonda mustahkamlanishi va jiddiy rivojlanishi kerakligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi