Rossiya frontga qo‘shimcha yarim million askarni safarbar qilmoqchi – Ukraina

Olam

image

Rossiya yaqin oylarda yarim milliongacha bo‘lgan qo‘shimcha askarlarni sharqiy frontga safarbar etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina markaziy mudofaa razvedkasi tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, “CNN” nashri xabar bermoqda.

Ukraina mudofaa razvedkasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiyning aytishicha, joriy yilning bahor va yoz oylarida rus-ukrain fronti bo‘ylab yangi hujum amaliyotlarini o‘tkazish uchun Rossiya 300-500 ming kishini safarbar qilish niyatida. Ular janubiy va sharqiy hujum nuqtalarida to‘planadi.

“Oktyabr oyida safarbar qilingan 300 mingga qo‘shimcha ravishda yana 500 ming askar chaqirilishi mumkin. Bu Putinning urushni yaqin orada tugatish niyati yo‘qligini isbotlaydi. Rossiya hujumi Donetsk va Lugansk viloyatlarida, balki Zaporoje viloyatida ham sodir bo‘lishi mumkin. Rus qo‘shinlari Xerson viloyati va Qrimda mudofaaga o‘tadi. Yangi safarbarlik to‘lqini ikki oygacha davom etadi”, deydi Skibitskiy.

Rossiya rasmiylari qo‘shimcha safarbarlik rejalashtirilayotgani borasidagi da’volarni doimo rad etib keladi. Biroq dekabr oyida Rossiya harbiy rahbarlari yig‘ilishida Mudofaa vaziri Sergey Shoygu kelasi uch yil davomida qurolli kuchlarni hozirgi sonini 1,15 milliondan 1,5 million nafargacha jangovar xizmatchilar bilan kuchaytirishni taklif qilgan edi. Shoyguning fikricha, bu Rossiyaning harbiy xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish kafolati sifatida juda muhim.


Maqola muallifi

Teglar

front

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing