Ukraina frontida murakkab vaziyat yuzaga keldi
Olam
−
18:19
6231Ukraina mudofaasining front chizig‘idagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabar berdi.
“Dushman o‘zining ishchi kuchi va texnikasidagi ustunligidan foydalanib, bizning pozitsiyalarimizga aniq hujum qilmoqda. Ukraina himoyachilari bosimni ushlab, dushmanga katta taлафотлар yetkazmoqda”, deb yozilgan xabarda.
Oxirgi 24 soat ichida jami 194 ta harbiy to‘qnashuv qayd etilgan.
22 noyabr kuni Rossiya kuchlari ikkita raketa zarbasi, shuningdek, 67 ta havo hujumini amalga oshirgan. Bundan tashqari, ular 4560 ta hujumni, xususan 123 tasini bir nechta raketa tizimlaridan amalga oshirgan va ularni yo‘q qilish uchun 1490 ta kamikadze dronlardan foydalangan.
Rossiya kuchlari, ayniqsa, Lipsi, Ivanovka, Bilogorovka, Zakotnoye, Seversk, Velikaya Novoselka, Noviy Komar, Malaya Tokmachka va Kazache hududlarida havo hujumlarini amalga oshirgan.
Kun davomida Mudofaa kuchlarining raketa va artilleriyasi shaxsiy tarkib, qurol-yarog‘ va harbiy texnika to‘plangan to‘rtta hududga va Rossiya piyoda askarlarining uchta artilleriya tizimiga zarba bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya joriy yilning 21 noyabr tongida Ukrainaning Dneprdagi sanoat korxonasi, nogironlar uchun reabilitatsiya markazi, shaxsiy uylar va boshqa bir qancha ob’ektlariga qit’alararo ballistik, aeroballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilgandi. Shu kuni kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin televizion murojaatida o‘rta masofali “Oreshnik” raketasini Ukrainadagi ob’ektga qarata uchirganini e’lon qilib, qit’alararo ballistik raketadan foydalanganini rad etdi.
LiveBarchasi