Rossiya fransiyalik yollanma askarlar rus harbiy asirlarini otib tashlagani bo‘yicha tergov boshladi

Olam

image

Fransuz yollanma askarlari rossiyalik harbiy asirlarni yaqin masofadan turib otib tashlagani aytildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Ukraina tomonidagi bir nechta janglarda qatnashgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi holat bo‘yicha ish boshlaganini ma’lum qildi

“Rossiya Tergov qo‘mitasining tergovchilari fransuz yollanma askarlarining rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan jinoyatlarini tekshiradi. Qo‘mita jinoyatga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish uchun voqeaning barcha holatlarini aniqlaydi”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, jangarilardan biri uch nafar rossiyalik mahbusning yaqin masofadan qatl etilgani aks etgan suratni internetda tarqatgan. Fransuz yollanma askarlari Azov polki va Ukraina Qurolli kuchlarining 92-brigadasi tarkibida Kiyev tomonidagi janglarda qatnashgani da’vo qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, internetda harbiylarning qatl qilinishlari yoki boshqa zo‘ravonliklar aks etgan videolar bir necha bor e’lon qilingan. Oxirgi marta shov-shuvlar keltirib chiqargan videoda ukrainalik harbiy asirlarning boshi Rossiya askarlari tomonidan uzib olinayotgani tasvirlangan edi. Ukraina Prezidenti video bo‘yicha munosabat bildirib, bu ishni amalga oshirganlarni “hayvonlar” deb atagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tergov qo'mitasi yollanma askar Azov polki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing