Luganskda sobiq militsiya boshlig‘i portlatib yuborildi (video)
Olam
−
09 noyabr 2023
7711Tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi (LXR) sobiq militsiya boshlig‘i Mixail Filiponenkoning mashinasi portlatib yuborildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Filiponenkoning uyi yonida sodir bo‘lib, u voqea joyida halok bo‘lgan. Sobiq militsiya boshlig‘ining o‘limidan so‘ng Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) tomonidan uch modda, jumladan, terrorizm bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “maxsus operatsiya” o‘tkazilgani va Filiponenkoga suiqasd uyushtirishga aloqadorligini ma’lum qilgan.
Harbiy razvedka Filiponenko Lugansk viloyatining egallab olingan hududlarida harbiy asirlar va garovga olingan tinch aholi qiynoqqa solingan zindonlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida ham uning hayotiga suiqasd uyushtirilgan edi. O‘shanda ham Filiponenkoning mashinasi portlatib yuborilgan, marhum esa omon qolgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning kortejiga hujum uyushtirilgandi.
LiveBarchasi