Moskva 1 yil ichida urushga 2,5 mingdan ortiq xorijlik yollanma askarni yubordi
Olam
−
13 avgust
2965Bir yil davomida Moskva Ukrainadagi janglarga 26 mingdan ortiq odamni jalb qildi, ularning 10 foizi boshqa mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda “Vyorstka” xabar berdi.
“U yerda xitoyliklar, serblar, braziliyaliklar va misrliklar bor, lekin ko‘pchilik, albatta, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari”, deydi nashrga Moskva meriyasidagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva shartnoma bo‘yicha frontga yetkazib beradigan askarlarning qariyb 70 foizi boshqa mintaqalardan kelgan ruslardir. Moskva shahri va viloyati aholisi tanlov punktidan yangi shartnoma bo‘yicha o‘tgan barcha askarlarning 20 foizdan kamrog‘ini tashkil qiladi.
LiveBarchasi