Yirik miqdorda pora olgan general-mayor va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni Rossiya tergov qo‘mitasining (RTQ) Moskva boshqarmasi sobiq rahbari, adliya general-mayori Aleksandr Drimanovga sud hukmi o‘qildi. Pora olganlikda ayblangan sobiq rahbarga Moskva shahar sudi tomonidan 12 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Sudlanuvchiga, shuningdek, 196 million rubl miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda “Interfax” yozmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Drimanovga yetti yil davomida davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi. Bundan tashqari, u general-mayor unvonidan mahrum qilindi.

Prokuror unga 16 yillik qamoq jazosini so‘radi.

RTQning Idoralararo hamkorlik va ichki xavfsizlik departamentining sobiq rahbari Mixail Maksimenko ham poraxo‘rlikda ayblandi va unga 14 yillik qamoq jazosi hamda 250 million rubl jarima belgilandi. Bundan tashqari, Tergov qo‘mitasining Moskva Markaziy okrugi boshqarmasining sobiq rahbari Aleksey Kramarenko umrining 10 yilini qamoqda o‘taydigan va 195 million rubl jarima to‘laydigan bo‘ldi. U adliya polkovnigi unvonidan mahrum qilindi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Drimanov, uning birinchi muovini Denis Nikandrov, Kramarenko va Maksimenko yirik jinoiy guruh a’zolari Andrey Kochuykov (italiyalik) va uning sherigi Zaxar Kalashovni (yosh Shakro) yirik pul evaziga tergov hibsxonasidan chiqarib yuborishga harakat qilgan. “Italiyalik” 2015 yilning dekabr oyida Moskvadagi “Elements” restoranida otishma sodir etganigan so‘ng, hibsga olingan edi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, zobitlar Maksimenko tomonidan tashkil etilgan guruh tarkibida harakat qilgan. Ta’kidlanishicha, pora oldi-berdi miqdori 1 million dollarni tashkil etgan. Pullar guruh a’zolari orasida turlicha taqsimlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tergov qo'mitasi poraxo'rlik

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing