Rossiya FIFA musobaqalarida qatnashishga ruxsat oldi
Sport
−
13:04 779 1 daqiqa
Rossiya futbol terma jamoasi FIFA U-15 Jahon chempionati va festivalining dastlabki bosqichida o‘z davlat bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFI) xabar berdi.
Mazkur musobaqa 2022 yildan buyon Rossiya terma jamoasi davlat bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etadigan birinchi rasmiy FIFA turniri bo‘ladi.
Rossiya terma jamoasi dastlabki bosqichda Afg‘oniston, Jibuti, Serra-Leone, Sudan va Turkiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Keyingi bosqichda esa jamoa o‘z guruhlarida bir xil o‘rinni egallagan raqiblarga qarshi yana beshta uchrashuv o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi 2022 yil 28 fevraldan buyon FIFA va UEFA musobaqalarida ishtirok etmayapti. FIFA va UEFA Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan so‘ng barcha milliy terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan “keyingi bildirishga qadar” chetlatish haqida qaror qabul qilgan.
Live
Barchasi