Rossiya endi migrantlarning “chimildig‘igacha” kirib bormoqchi

Jamiyat

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi noqonuniy migrantlarning mamlakatda avtomashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazishi, bank hisob raqamlari ochishi va turmush qurishini taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qonun noqonuniy migrantlarni aniqlash va ularni Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish imkonini beradi.

"Agar siz noqonuniy migrant bo‘lsangiz, ushbu xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lmasligingiz kerak", deydi Valentina Kazakova. 

Kazakova mazkur qonun loyihasi tez orada Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilishini bildirgan.U xorijlik shaxsning elektron avtorizatsiyasi va ular haqidagi ma’lumotlar kiritiladigan raqamli profili masalasi ham hozirda muhokama qilinayotganini eslatgan. 

“Ya’ni, migrant Rossiya Federatsiyasiga kirish niyati borligini ma’lum qilishi kerak bo‘ladi. Va bu, albatta, bizda mavjud bo‘lgan salbiy narsalarni kamaytiradi ", deya qo‘shimcha qilgan Kazakova.

Qonun loyihasi 1 noyabr kuni Davlat Dumasiga kiritilgan. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining migrant turmush o‘rtoqlari uchun vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma faqat bunday nikoh tuzilgan kundan boshlab ikki yil o‘tgandan keyin berilishi kerak. Shuningdek, o‘zgartirishlar mualliflari,ota-onalik huquqi yoki nikohi sud tomonidan bekor qilingan shaxslardan vaqtinchalik propiskani olib qo‘yishni taklif qilmoqda. Taklif qilingan o‘zgartirishlar migrantlar yashash uchun ruxsatnoma olish maqsadida foydalanishi mumkin soxta nikoh va farzand asrab olish amaliyotiga to‘siq bo‘lishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing