Rossiya elchisi Ukraina sabab AQSHga urush bilan tahdid qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtonning Ukrainaga kelgusida ham yordam berishi RF bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli qarama-qarshilikka olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u “Newsweek” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Vashington va uning Yevropadagi ittifoqchilari Ukrainaga ko‘proq harbiy yordam jo‘natishga va’da berishdi, biroq bu “AQSH va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishi mumkin”, degan Antonov.

“Ogohlantiramizki, bu kabi harakatlar davlatimizga qarshi qaratilgani uchun xavfli va provokatsiondir. Ular AQSH va Rossiya Federatsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilik yo‘liga olib borishi mumkin. G‘arbdan Ukraina hududi orqali transport karvonlari orqali yetkazib berilayotgan har qanday qurol va harbiy texnika Qurolli Kuchlarimiz uchun qonuniy harbiy nishon hisoblanadi”, degan Antonov.

AQSH razvedkasi Rossiya Ukraina armiyasiga YeI va AQSHdan qurol yetkazib berishga havo hujumlari yoki artilleriya orqali to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirda.

G‘arbdan kelayotgan qurollar Polsha kabi Ukrainaga chegaradosh mamlakatlarga olib kelinyapti va keyin quruqlik orqali Ukrainaga yetkazilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Vashington joriy haftada Kiyevga harbiy yordami 1 400 dan ortiq Stinger zenit-raketa tizimlarini, 5 000 dan ortiq Javelin tankga qarshi raketa tizimlarini va yuzlab Switchblade kamikadze dronlarini yetkazib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing