Rossiya elchixonasi oldida portlash bo‘ldi
Olam
−
05 Sentabr 2022 13470 1 daqiqa
Afg‘oniston poytaxti Qobulda Rossiya elchixonasi darvozasi oldida portlash sodir bo‘ldi. “Reuters” politsiyaga tayanib, uni xudkush-terrorchi uyushtirgan, deya xabar bermoqda.
“Tolibon” soqchilari Rossiya elchixonasiga yaqinlashayotgan xudkush-terrorchiga qarata o‘t ochgan. Xudkush-terrorchi Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi darvozasida portlash sodir etgan”, deyiladi xabarda.
RIA Novosti manbasiga ko‘ra, portlash bugun, 5 sentyabr kuni ertalab Qobulning Rossiya elchixonasi joylashgan tumanida sodir bo‘lgan. Portlashda rossiyalik diplomat va elchixona qo‘riqchisi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatining Guzara shahridagi masjidda juma namozi vaqtida portlash uyushtirilgandi. Hodisada 28 kishi halok bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025