Rossiya Donbassda hujum qilish qobiliyatini yo‘qotmoqda – ISW
Olam
−
14 Oktabr 2022
7021Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi hujumi jangovar hududlarda ruhiy holat, tartib-intizom va jangovar qobiliyatning yomonlashgani sababli to‘xtatilishi mumkin. Rossiya otryadlari butun Donetsk viloyatida, ayniqsa Baxmut tumanida nisbatan kichik va ahamiyatsiz aholi punktlarini o‘z nazoratida saqlagan holda tanazzulga uchramoqda. Amerikaning Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya bo‘linmalari tanazzul holatida, ular bir xil tarqoq jangovar elementlar bilan qayta guruhlanishi mumkin, bu esa jangovar ruhning yanada yo‘qolishi va hujum operatsiyalarida nomuvofiqlikka olib keladi.
“Rossiyaning qo‘shimcha hududni egallab olishga urinishlari ruhiy holatning pasayishiga va jangovar qobiliyatlarning umuman kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya harbiy guruhlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar davom etmoqda.
Qayd etilishicha. ayni paytda Ukraina qo‘shinlari Lugansk viloyatining Svatovo shahridan shimoli-g‘arbga qarab oldinga siljigan. O‘z navbatida, rus harbiylari Ukraina Qurolli Kuchlarining Kremennaya bo‘ylab ehtimoliy hujumlaridan qo‘rqib, sharqiy yo‘nalishda mudofaa operatsiyalarini davom ettirmoqda.
LiveBarchasi