Rossiya-Ukraina urushining davom etishini AQSH va Angliya xohlayapti – Erdo‘g‘an
Olam
−
14 Oktabr 2022
16428Rossiya-Ukraina urushining davom etishini eng ko‘p AQSH va Angliya xohlagani va kontinental Yevropa biroz zarar ko‘rayotgani ma’lum bo‘lyapti. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 13 oktyabr kuni Ostonadan qaytayotib jurnalistlar bilan muloqotda so‘z ochdi.
Qozog‘istonda Turkiya rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi, biroq Ukrainadagi urush va Rossiyaning AQSH va G‘arb bilan munosabatlarida Anqaraning vositachilik borasida miq etmadi.
Turkiya tinchlik nuqtai nazaridan hamon markaziy ahamiyatga ega bo‘lgan davlat bo‘lib qolmoqda, bundan boshqa imkon yo‘qdek. Bu borada yangi o‘zgarishlar bo‘ladimi, degan savolga Prezident Erdo‘g‘an quyidagicha javob berdi:
“O‘rtamizda bo‘lgan suhbatda bu fikr aslida o‘z kuchini saqlab turibdi. Ya’ni Rossiya va ba’zi boshqa davlatlarning Turkiyaning vositachiligi borasida bizga ishonchi davom etmoqda. Biz ham u bilan Kerch ko‘prigi haqidagi nozik fikrlarimizni o‘rtoqlashdik.
U bizga ba’zi texnik ma’lumotlarni ham berdi va biz bu boradagi ishimizni bir xil sezgirlikni saqlab, davom ettiramiz. Turkiyaga ishonchning davom etishi bizni ham xursand qildi”.
LiveBarchasi