Rossiya Britaniyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
15 Sentabr 2022
7641Rossiya 30 nafar Britaniya fuqarosi – “Rossiyaga qarshi kun tartibini targ‘ib qiluvchi” tuzilmalar rahbarlari va mudofaa lobbisi vakillariga mamlakatga kirishni taqiqlab, stop-ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining kecha, 14 sentyabr kuni tarqatilgan xabarida aytiladi.
“Rossiyaning stop-ro‘yxatiga Rossiyaga qarshi axborot dasturini kelishilgan holda targ‘ib qilish uchun mas’ul bo‘lgan Britaniya tuzilmalarining 30 nafar rahbarlarini, shuningdek, Buyuk Britaniya mudofaa lobbisi vakillarini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, ro‘yxatga, jumladan, “Public Relations and Communications Association bosh direktori Frensis Ingxem, PR Network marketing tuzilmasi asoschisi Nikolay Regatssoni” kirdi.
“Ingxem Britaniya kompaniyalarini Rossiyadagi iqtisodiy operatorlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishga faol ravishda undab, ularni Rossiyada ishlashning ma’naviy, axloqiy va obro‘siga oid oqibatlari bilan qo‘rqitmoqda. Regatssoni boshchiligidagi PR Network mamlakatimizga qarshi axborot-tashviqot kampaniyasida ishtirok etayotgan 150 ga yaqin jamoatchilik bilan aloqalar kompaniyasi ishini muvofiqlashtiradi. Ingxem va Regatssoni G‘arb yondashuvlarini o‘rnatish va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish uchun yuqori darajadagi rusofobik hikoyalarni chiqaryapti”, deya ta’kidlangan Smolenskaya maydoni.
RF TIV rasmiy Moskva stop-ro‘yxatni kengaytirish ishlarini davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi