Rossiya Braziliyaga Prigojinning biznes-jeti halokatini tekshirishga ruxsat bermadi
Olam
−
30 avgust 2023
5418Rossiya Braziliya havo hodisalarini tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA) va braziliyalik samolyot ishlab chiqaruvchi Embraer kompaniyasiga “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning biznes-jeti halokatini tergov qilishda ishtirok etishga ruxsat bermadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
"Ular xalqaro darajada tergov o‘tkazishga majbur emas edi, bu faqat tavsiya”, degan CENIPA rahbari Marselo Moreno.
Rossiya CENIPA’ni rad etishini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti qoidalariga muvofiq, agar ichki reysda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan bo‘lsa, unga xalqaro standartlar qo‘llanilmasligi bilan asoslagan.
“Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, Prigojinning Embraer Legacy 600 biznes-jet modeli yaxshi xavfsizlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan. So‘nggi 20 yil ichida u bilan faqat bir marta noxush hodisa ro‘y bergan. Embraer vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar sanksiyalari tufayli Prigojinning samolyotiga xizmat ko‘rsatish 2019 yilda to‘xtatilgan, samolyotning o‘zi 2018 yil oktyabrida sotib olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni bortida Prigojin bo‘lgan xususiy samolyot Tver viloyatida halokatga uchragan, bortdagi barcha-10 kishi halok bo‘lgandi. Putin qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Oldinroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinni dafn etish qarorini uning qarindoshlari qabul qilishi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin dafn marosimida qatnashmasligini aytdi. Shu kuni Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida Prigojinning dafn marosimi yopiq ravishda bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi