Rossiya Bosh vazirining salomatligi haqida ma’lumot berildi
Olam
−
05 may 2020
7991Koronavirus bilan kasallangan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin o‘zini yaxshi his qilmoqda va davolanish reja bo‘yicha ketmoqda. Bu haqda bugun, 5 may kuni uning matbuot kotibi Boris Belyakov ma’lum qildi.
“Mixail Vladimirovich davlat tibbiyot muassasalaridan birida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. O‘zini yaxshi his etmoqda. Davolanish rejalashtirilgan tarzda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga ushbu kasallikni davolash uchun tavsiya etilgan dorilarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi”, dedi Belyakov.
“Bosh vazir hamkasblari bilan telefon orqali faol suhbatlashmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan matbuot kotibi.
30 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan videokonferensiya chog‘ida Mishustin koronavirus bilan kasallanganligini e’lon qildi. Bosh vazir, Rospotrebnadzor talablariga binoan, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishi va shifokorlarning ko‘rsatmalariga rioya etishi zarurligini ta’kidladi. Putin Mishustinning kasalligi davrida hukumat boshlig‘ining vazifalarini bajarishni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga ishonib topshirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 155 370 nafar shaxs koronavirusga chalingan. Bemorlarning 19 865 nafari shifo topgan bo‘lsa, 1451 olamdan o‘tdi.
LiveBarchasi