Rossiya Bosh konsulligi darvozasiga mashina borib urildi

Olam

image

Bugun, 1 sentyabr kuni ertalab Avstraliyaning Sidney shahrida oq rangli yo‘ltanlamas Rossiya Bosh konsulligining darvozasiga borib urildi. Bu haqda ABC xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 8:00 atrofida Yangi Janubiy Uels politsiyasi konsullik yaqinida turgan shubhali avtomobil haqida xabar topgan. Politsiya xodimlari 39 yoshli haydovchi bilan suhbatlashishga uringan paytda u mashinani haydab konsullik hududiga kirib borgan, ammo u faqatgina temir darvozaga urilish bilan harakatni tugatgan. 

Erkak hibsga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Avtomobil esa keyinchalik hududdan evakuator yordamida olib chiqilgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv davom etmoqda. Tergov jarayonida Avstraliya federal politsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bu harakatga hozircha Rossiya vakillari munosabat bildirmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan uchirilgan raketalardan biri Kiyevda joylashgan Ozarbayjon elchixonasidan atigi 100 metr nariga qulab tushgandi va oqibatda binoga zarba to‘lqini ortidan zarar yetgan. Rasmiy xabarda ayrim derazalar singani, konsullik bo‘limi tomida yoriqlar paydo bo‘lgani aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Sidney Rossiya Bosh konsulligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing