Rossiya boks terma jamoasining JCH uchun tarkibi aniq
Sport
−
19 Oktabr 2021
3434Kecha, 18 oktyabr kuni Rossiya boks terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Farxutdinov Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Undan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Kemerovoda o‘tgan Rossiya chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilar o‘rin olgan.
Tokio Olimpiadasi chempioni Albert Batirgaziyev va sovrinshli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Muslim Gajimagomedov, Imam Xatayev, Andrey Zamkovoy va Gleb Bakshi JCHda ishtirok etmaydi.
48 kg:
Edmond Xudoyan
51 kg:
Axtem Zokirov
54 kg:
Qurbon Bayranbekov
57 kg:
Eduard Savvin
60 kg:
Vsevolod Shumkov
63,5 kg:
Ilya Shakirov
67 kg:
Evgeniy Kool
71 kg:
Vadim Musayev
75 kg:
Jambulat Bijamov
80 kg:
Saveli Sadoma
86 kg:
Sharabutdin Atayev
92 kg:
Andrey Stotskiy
+92 kg:
Mark Petrovskiy
Eslatib o‘tamiz, musobaqa sovrin jamg‘armasi 2,6 million dollarni tashkil qiladi. Oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 sentyabr kuni qabul qilingan AIBA direktorlar kengashi qaroriga asosan Rossiya boks terma jamoasi Jahon chempionatida Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Qaror 2022 yilning 16 dekbriga qadar amalda bo‘ladi.
LiveBarchasi