Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining anneksiyani qoralovchi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

Olam

image

Rossiya kecha, 30 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashida AQSH va Albaniya tomonidan tayoyrlangan, rasmiy Moskvaning Ukraina viloyatlarini anneksiya qilganini qoralovchi rezolyutsiyaga veto qo‘ydi. Uning ittifoqchisi Xitoy esa ovoz bermadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild a’zo davlatlarni Ukrainaning o‘zgartirilgan maqomini tan olmaslikka chaqiruvchi va Rossiyani o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga majburlovchi rezolyutsiyani taqdim etdi.

Kengash palatasida u suveren davlat hududini qo‘shib olishga urinish Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy tamoyillariga zid ekanini ta’kidladi va Putin “xalqaro huquqning bu ochiq-oydin buzilishini” konsert bilan nishonlayotganini aytdi. Rezolyutsiyaga 10 davlat yoqlab ovoz berdi, Xitoy, Gabon, Hindiston va Braziliya betaraf qoldi va faqatgina Rossiyaga qarshi bo‘ldi.

“Hech bir davlat Rossiya uchun ovoz bermadi. Birontaham”, degan Tomas-Grinfild jurnalistlarga.

U uchrashuvdan keyin betaraf qolganlar “Rossiyani himoya qilmayotgani aniq” ekanini qo‘shimcha qilgan. Diplomatga ko‘ra, Vashington Rossiyaning harakatlarini qoralash uchun BMTning 193 a’zosi bo‘lgan Bosh Assambleyaga murojaat qiladi.

“Bosh Assambleyada dunyo davlatlari boshqa davlat chegaralarini kuch bilan o‘zgartirishga urinish noqonuniy va shunchaki qabul qilib bo‘lmaydigan ekanligini baland ovozda aytadi”, deydi Tomas-Grinfild.

Xitoy rezolyutsiyaga ovoz berishda betaraf qoldi, biroq Ukrainadagi “cho‘zilgan va kengaygan inqiroz”dan xavotir bildirdi.

Xitoy Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalarini tanqid qilib, fevral oyida ikki davlat “chegarasiz” strategik hamkorlikni e’lon qilganiga qaramay, harbiy kampaniyani qo‘llab-quvvatlash yoki yordam berishdan tiyilib, betaraf pozitsiyasini qattiq saqlayapti.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing