Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning iltimosiga binoan payshanba kuni Ukrainadagi biolaboratoriyalar faoliyatini muhokama qiladi. Bu haqda kecha, 25 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 26 oktyabr kuni ham Rossiya tashabbusi bilan Eronni Moskvaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishda ayblovlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

“Ertaga (bugun, 26 oktyabr kuni) biz 2231-rezolyutsiyaga muvofiq tergov o‘tkazish so‘rovi nuqtai nazaridan BMT Nizomiga rioya qilish haqida gaplashamiz, payshanba kuni esa Biologik va toksinli qurollar bo‘yicha konvensiyaning 6-moddasiga muvofiq uchrashuv o‘tkazishni so‘raymiz”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing