Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokara qilib bo‘lmaydi – Zelenskiy

Olam

image

Hozircha Rossiya Federatsiyasi bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borishning iloji yo‘q, chunki Rossiya tomoni hech qanday adekvat pozitsiyani shakllantira olmaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-Yalta Yevropa strategiyasi yig‘ilishidagi panel muhokamasi chog‘ida ma’lum qildi. 

"Biz urushni tugatmoqchimiz, lekin makon va imkoniyatlar o‘zgardi. Jamiyat terrorchilar bilan gaplashishni istamayapti. Garchi terrorchilar bilan ham muloqot qilish mumkin, chunki ular nima istayotganini bilishadi", deydi davlat rahbari. 

Ammo Rossiya tomoniga kelsak, Zelenskiy ta’kidlaganidek, ular o‘z va’dalarini bajarishiga ishonch yo‘q. 

"Menimcha, bunday qilmaydilar. Hech kim ishonmaydi. Qo‘l berib ko‘rishmaydi", deydi Prezident. 

Zelenskiy ta’kidlaganidek, avvalo Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududlarini tark etishi va o‘zini mamlakatga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan terrorchidek tutishni bas qilishi kerak. Keyin diplomatiya haqida gapirish mumkin. 

"Ular bilan diplomatik yo‘lak ochishimiz uchun ular chet el yerlarini qaytarib berishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatib, siyosiy iroda ko‘rsatishlari kerak. Shunda hech bo‘lmaganda ma’lum diplomatik qadamlarni ochadigan yo‘laklar haqida gapirish mumkin", deb tushuntirdi Zelenskiy. 

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni kechga borib Prezident Zelenskiy oy boshidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari mamlakatning Rossiya bosqini ostida qolayotgan 2000 kilometrga yaqin qismini ozod qilganini aytgandi. Keyinroq Xarkov viloyatidagi Vasilenkovo va Artemovka aholi punktlari rus bosqinchilaridan tozalangani aytildi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing