Rossiya Belarusga sut orqali ta’sir o‘tkazmoqchi
Olam
−
16 aprel 2019
4592Rossiya Federatsiyasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) doimiy faoliyat olib boruvchi organi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) mamlakat bozorlarini ruxsatnomasi mavjud Belarus sut mahsulotlari uchun yopib qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishga erishmoqchi.
Rossiya tomonning iddaosiga ko‘ra, belarus veterinar nazorati zarur uskunalarga ega bo‘lmagan zavodlar mahsulotini ham sertifikatlayapti va bunday hollarda mahsulotni qaytarish bo‘yicha mexanizm ittifoq shartnomasida ko‘rsatilmagan.
Belarus o‘z navbatida shartnoma shartlari bajarilishini talab qilyapti. Mazkur masala YeOIIning 30 aprel kuni Yerevanda o‘tadigan Hukumatlarar kengashi yig‘ilishining kun tartibiga kiritilgan.
“Rosselxoznadzor” o‘tgan yilning yozida mamlakatga kirib kelayotgan 2,5 litrlik o‘ramdagi sut, qaymoq va quruq sut uchun cheklov joriy qilgandi. RF bu holatni o‘z bozorini Belarus sut mahsuloti uchun yopish deb hisoblamayyapti. U kichikroq o‘ramdagi mahsulotlar erkin kiritilayotganini aytib o‘z fikrini ma’qullayapti. Biroq YeIK buni boshqacha tushunib, RFga shartnoma shartlarini bajarish va qo‘shni davlat sut mahsulotlarini qabul qilish talabini qo‘ydi.
YeIKning taqiqni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori fevral oxirida kuchga kirdi, rasmiy Moskva surishtiruv vaqtida u to‘xtatib turilishiga erishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Belarus o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelganda “sut urushi” yuz beradi. Ammo ikki mamlakat tadbirkorlari bunday holatlarga e’tibor bermay qo‘ygan.
LiveBarchasi