Rossiya Belarus va KXDR diplomatlarini Damashqdan evakuatsiya qildi

Olam

image

Rossiya Belarus va Shimoliy Koreya diplomatlarini Suriyadan evakuatsiya qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Inqirozli vaziyatlar markazi departamenti ma’lum qildi.

Bildirilishicha, kecha, 15 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Aerokosmik kuchlarining Xmeymim aviabazasidan Rossiyaning Damashqdagi xorijiy vakolatxonalari xodimlarining bir qismi “Chkalovskiy” aeroportiga yetkazilgan. Xususan, Belarus, Shimoliy Koreya va Abxaziya diplomatlari ham evakuatsiya qilingan.

Shu bilan birga, Moskva o‘z xodimlarining bir qismini Damashqdagi diplomatik vakolatxonalaridan evakuatsiya qilganini, ammo Rossiyaning Suriya poytaxtidagi elchixonasi o‘z ishini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyadagi qo‘shinlarini evakuatsiya qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi. Manbalarda Hmeymim aviabazasiga kelgan transport samolyotlari hamda Rossiyaga jo‘natishga tayyorlangan S-400 zenit-raketa majmuasi elementlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlar Rossiya harbiy kemalarining Tartus portini tark etganini qayd etgan.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya KXDR evakuatsiya Belarus' Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing