Rossiya aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi

Olam

image

Tegishli litsenziyaga ega Rossiya aviakompaniyalari 12 ta davlatga, shu jumladan, O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirishga ruxsatnoma berildi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Quyidagi davlatlarga muntazam parvoz uchun ruxsat berildi:

•    Belarus;
•    Isroil;
•    Kipr;
•    Kuba;
•    Livan;
•    Maldiv orollari;
•    Marokash;
•    Ummon;
•    Slovakiya;
•    O‘zbekiston;
•    Finlyandiya;
•    Xorvatiya.

Xususan, “Aeroflot” Moskva-Kasablanka (Marokash), “Rossiya” aviakompaniyasi Moskva-Male (Maldiv orollari) yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi.

Rosaviatsiya ruxsatnomalarni berish to‘g‘risidagi qaror xalqaro parvozlarni tiklash uchun asos bo‘lmasligini eslatib o‘tgan. Ruxsatnoma parvozlar qayta tiklangan taqdirda aviakompaniyalar foydalanishi mumkin bo‘lgan huquq hisoblanadi.

Rossiyaning xorijiy davlatlar bilan doimiy aviaqatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilning 27 martidan boshlab to‘xtatilgan. Avgust oyidan Rossiya boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya aviakompaniya

Baholaganlar

1097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing