Rossiya armiyasiga qozog‘istonliklar jalb qilinyapti

Olam

image

Rossiya Ukrainadagi urush fonida armiyasini to‘ldirish uchun Qozog‘istondan ko‘ngillilarni yollayapti. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar tarqatdi.

Qozog‘istonliklar internet orqali Ukrainadagi urush avjiga chiqqan bir paytda Rossiya armiyasiga qo‘shilish takliflariga to‘qnash kelishmoqda. Shartnoma imzolaganlarga 5 ming dollardan ortiq bir martalik to‘lov va’da qilingan. Bundan tashqari, potensial yollanganlarga oyiga 2000 AQSH dollari miqdorida maosh, shuningdek, qo‘shimcha imtiyozlar taklif etilgan.

Agentlikning qayd etishicha, “chipta” qozog‘istonliklarga mo‘ljallangani aniq. Unda “yelkama-yelka” shiori ostida Rossiya va Qozog‘iston bayroqlari tasvirlangan.

Berilgan havola esa Saxalindagi Rossiya armiyasiga qo‘shilishni targ‘ib qiladigan saytga olib boradi. Sahifa Saxalin viloyatining Inson kapitalini rivojlantirish agentligiga tegishli bo‘lib, uning saytida keltirilishicha, “korxonalar uchun malakali xodimlar o‘qitiladi”.

Saxalin tashkilotining qo‘ng‘iroq markazida operatorlar Qozog‘istonda e’lon joylashtirish haqidagi ma’lumotga izoh bera olmagan. Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ham Reuters so‘rovlariga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya razvedkasi Rossiya safarbarlikning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing