Rossiya Armanistonning Qurolli kuchlar tizimiga yordam beradi
Olam
−
23 fevral 2021 5249 1 daqiqa
Rossiya Armanistonning Qurolli kuchlarini isloh qilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Yerevandagi elchisi Sergey Kopirkin ma’lum qilgan.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Armaniston va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda aloqalar olib borilmoqda.
"Mamlakatlarimiz va Qurolli kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashning turli sohalariga oid masalalar muhokama qilinmoqda. O‘ylaymanki, o‘z vaqtida tegishli malumotlar bo‘ladi", degan Kopirkin.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraisligi doirasida Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025