Rossiya Armanistondagi elchisini chaqirib oldi
Olam
−
24 may
7697Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“24 may kuni Rossiya Federatsiyasining Armaniston Respublikasidagi elchisi Kopirkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirildi”, deydi Zaxarova.
Xabarda boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Ushbu qarorning sababi ham ochiqlanmagan.
Rossiya va Armaniston munosabatlari og‘irligicha qolmoqda. Buning sababi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroda. Yerevanning ta’kidlashicha, 2020 va 2023 yillardagi mojaroning so‘nggi avj olishlari chog‘ida har ikki tomon Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo bo‘lsa-da, Moskva zarur yordam ko‘rsatmagan.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yaqinda Moskva bilan munosabatlarni tanqid qildi. Xususan, u Yerevanning mudofaa bo‘yicha qo‘shma ittifoq – KXSHT ishidagi ishtirokini to‘xtatdi, shuningdek, 1992 yildan beri davom etayotgan poytaxt aeroportida rossiyalik chegarachilar ishini to‘xtatdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 8 may kuni Moskvada Pashinyan bilan uchrashuvda Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etgan.
LiveBarchasi