Rossiya Armanistondagi elchisini almashtirdi
Olam
−
14 iyun
2215Rossiya Federatsiyasi o‘zining Armanistondagi Favqulodda va muxtor elchisini almashtirdi. Bu haqda “Hraparak” gazetasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rossiya rasmiy Yerevan uchun endi jiddiyroq shaxsni elchi qilib jo‘natmoqchi.
“Bir kun avval Armanistonning ikki nafar yuqori martabali amaldori Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqish haqida agressiv bayonotlar berdi. Ushbu bayonotlar fonida rasmiy Moskva Armanistondagi elchisini almashtirdi. Rossiya Yerevanga jiddiyroq shaxsni elchi qilib jo‘natmoqchi”, deya yozgan gazeta.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 iyun kuni parlamentdagi hukumat soati chog‘ida Bosh vazir Nikol Pashinyan muxolifatchi deputat Tadevos Avetisyanning Armaniston KXSHTdan noroziligini bildirgan holda, nega ittifoqdan chiqmayotgani haqidagi savoliga javob berar ekan, “Siz bu bilan meni qo‘rqityapsizmi? Bizda hammasi yaxshi, qachon ketishimizni o‘zimiz hal qilamiz. Lekin ketsak, ortga qaytmaymiz”, degan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning KXSHTdan chiqish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri qabul qilinganini aytgandi.
LiveBarchasi