Rossiya AQSHning Venesuelaga hujumini keskin qoraladi
Olam
−
03 yanvar 11283 3 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi AQSHning bugun, 3 yanvar kuni Venesuelaga qilgan hujumini muhokama qilib, bu juda tashvishli va qoralanadigan holat ekanini ma’lum qildi.
TIV bayonotida aytilishicha, bunday harakatlarni oqlash uchun ishlatilgan bahonalar asossiz. Mafkuralashtirilgan nafrat ishbilarmonlik pragmatizmi, ishonch va bashorat qilish munosabatlarini o‘rnatishga tayyorlik ustidan g‘alaba qozondi.
“Vujudga kelayotgan vaziyatda, eng avvalo, yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, muammolardan chiqish yo‘lini muloqot orqali topishga intilish muhimdir. Biz bir-biriga e’tirozi bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hamkorlar o‘zaro muammolarni hal qilish yo‘llarini muloqot yechimlari orqali izlashlari kerak, deb hisoblaymiz. Biz ularni bu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deydi Rossiya TIV.
Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Lotin Amerikasi 2014 yilda e’lon qilganidek, tinchlik hududi bo‘lib qolishi kerak. Venesuelaga esa tashqaridan hech qanday buzg‘unchi, ayniqsa, harbiy aralashuvsiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi kafolatlanishi kerak.
“Venesuela xalqi bilan birdamligimizni, uning Bolivar rahbariyatining mamlakat milliy manfaatlari va suverenitetini himoya qilishga qaratilgan siyosatini qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqlaymiz”, deydi TIV
Bayonotda Rossiya Venesuela hukumati va Lotin Amerikasi mamlakatlari rahbariyatining BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini zudlik bilan chaqirish to‘g‘risidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Karakasdagi elchixonasi vaziyatni hisobga olgan holda odatiy rejimda ishlamoqda, Venesuela rasmiylari va Venesuela hududidagi Rossiya fuqarolari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Ayni paytda jabrlangan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u ushbu operatsiya AQSH huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilganini, tafsilotlar keyinroq e’lon qilinishini bildirdi.
Bugun, 3 yanvar kuni ertalabdan beri Venesuela poytaxtida va mamlakatning boshqa aholi punktlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Buning ortidan Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Venesuela poytaxti Karakas harbiy hujumga uchrayotganini ma’lum qildi.
Qayd etish joiz, 2025 yil kuz boshida AQSH Karib dengizi hududiga o‘zining eng zamonaviy Gerald Ford aviatsiya tashuvchisini, esminetslar va qiruvchi samolyotlarni yuborgan edi. Sentyabr oyidan buyon giyohvand moddalar tashiyotgan kemalarga zarbalar berilmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Nikolas Maduroni Venesuelaning huquqiy prezidenti sifatida tan olmaydi va mamlakat hukumatini narkotrafikka qarshi yetarlicha kurash olib bormayotganlikda ayblaydi.
17 dekabr kuni Tramp Venesuelaga borayotgan va undan chiqayotgan, sanksiyalar ostidagi barcha neft tankerlarini to‘liq blokadaga olish buyrug‘ini berganini e’lon qilgan.
Sentyabr boshida CNN Tramp Venesuela hududidagi narkokartellarga zarba berish variantini ko‘rib chiqayotganini xabar bergan edi. Biroq noyabr o‘rtalariga kelib, Tramp Venesuelada quruqlikdagi harbiy operatsiya o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik bo‘yicha hali qaror qabul qilmagani ma’lum qilingan.
Live
Barchasi“Open budget” boshlandi
09:37