Tramp Maduro va rafiqasi qayerdaligini aytdi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores hozirda Nyu-Yorkka yo‘l olayotgan AQSHning Iwo Jima kemasida. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanalida e’lon qildi. 

“Ular vertolyotda olib kelindi va vertolyotda ajoyib sayohat qilishdi – ishonchim komilki, ular bundan zavqlanishdi. Lekin, ular ko‘p odamlarni o‘ldirishdi, buni unutmang. Ular Nyu-Yorkka olib ketilyapti va bilasizki, Nyu-Yorkda ularga ayblov qo‘yilgan”, degan Tramp.

Maduroga taklif qilgan choralari haqidagi savolga javoban Tramp:  

“Men siz taslim bo‘lishingiz kerakligini aytdim”, dedi. 

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u Maduro bilan bir hafta oldin gaplashgan.

“Biz muzokaralar olib bordik. Men u bilan o‘zim gaplashdim. Men: Siz taslim bo‘lishingiz kerak. Siz taslim bo‘lishingiz kerak, dedim. U bunday qilmadi”, deydi Tramp.

AQSH rahbari Maduro bilan sulh suhbatlari qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritarkan, “bir necha marta, taxminan bir hafta oldin”, deb javob qaytargan.  

Ma’lumot uchun, AQSH Bosh prokurori Pamela Jo Bondiga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga “narkoterrorizm”, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovlari qo‘yilgan. Rasmiy Moskva AQSHni Venesuela Prezidenti va uning rafiqasini ozod qilishga chaqirmoqda. Venesuela Bosh prokurori Tarek Uilyam Saab Qo‘shma Shtatlardan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning tirikligini tasdiqlashni talab qildi hamda ularning taqdiri uchun Amerika ma’muriyatini javobgar deb atadi

AQSHning Venesuelaga hujumi

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘ldi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.

Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini yig‘ishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Nikolas Maduro Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing