Rossiya AQSHning qarzi bo‘yicha investitsiyalarni kamaytirdi
Olam
−
18 Sentabr 2019
4732Rossiya AQSH davlat qimmatli qog‘ozlariga sarmoyalarni qisqartirishda davom etyapti. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
AQSH Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida sarmoyalarning darajasi 8,5 milliard dollargacha kamaygan.
Ushbu mablag‘larning 6, 239 milliard qismi uzoq muddatli va 2,262 tasi qisqa muddatli qog‘ozlarga to‘g‘ri keladi. Investitsiyalar bir oy oldin 10,85 milliarddan 2,35 milliardga kamaydi.
Moskva 2018 yil aprel oyidan beri AQSHning davlat qarzi bo‘yicha investitsiyalarni sezilarli darajada kamaytirdi, shu bilan birga sentyabr va oktyabr oylarida biroz o‘sish kuzatildi, shundan keyin pasayish tendensiyasi tiklandi.
Rossiya Amerika qarzlarining eng katta o‘ttizlik egalaridan biri emas. Ikkinchi oy ketma-ket (Iyul oyi holatiga ko‘ra) 1,131 trillion dollar sarmoyasi bilan Yaponiya birinchi o‘rinni egallab turibdi, bu iyun oyiga nisbatan 7,9 milliard dollarga ko‘pdir.
Undan keyingi o‘rinda Xitoy (1,11 trillion, pasayish 2,2 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (334,7 milliard dollar, 6,4 milliard dollarga kamayish) qayd etilgan.
LiveBarchasi