Rossiya 41 nafar Avstraliya fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Olam
−
16 Sentabr 2022
2575Rossiya 41 nafar avstraliyalik fuqaroni, jumladan jurnalistlar, harbiy-sanoat kompleksi vakillari va munitsipal deputatlarni to‘xtatish ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bugun, 16 sentyabr kuni tarqatgan bayonotida aytiladi.
“Avstraliya hukumati tomonidan G‘arbning rusofobik kampaniyasi doirasida joriy etilgan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra sanksiyalarga javoban, harbiy-sanoat kompleksi pudratchilari, jurnalistlar va munitsipal deputatlar orasidan Rossiyaga qarshi kun tartibini tashkil etuvchi qo‘shimcha 41 avstraliyalikning mamlakatimizga noma’lum muddatga kirishi yopildi”, deyiladi hujjatda.
Diplomatik missiya Moskva Kanberraning Rossiyaga qarshi kursga rioya qilish va yangi cheklovlar joriy etish istagini inobatga olgan holda, Avstraliyaga nisbatan Rossiyaning sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish ustida ishlashni davom ettirishini ta’kidladi.
“Rasmiy Kanberra Rossiyaga qarshi kursdan voz kechish niyatida emasligi va yangi sanksiyalar ishlab chiqishda davom etayotganini inobatga olgan holda, Rossiyaning sanksiyalar ro‘yxatini yangilash bo‘yicha ishlar davom etadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi