Rossiya 2022 yilda mudofaa byudjetini pandemiyadan oldingi darajaga qaytaradi
Olam
−
03 Oktabr 2021
5177Rossiya 2022 yilda mudofaa uchun 3,5 trillion rubldan ko‘proq mablag‘ sarflaydi - shu tariqa bu soha federal byudjetda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda RBK xabar berdi.
2022-2024 yillar byudjeti loyihasida ta’kidlanishicha, eng ko‘p mablag‘ ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi. Unga 5,8 trillion rubldan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Iqtisodiyotga o‘z navbatida 3,46 trln rubl ajratiladi. Ahamiyatlisi, oxirgi ikki yilda bu sohaga mudofaa sanoatiga qaraganda ko‘proq mablag‘ yo‘naltirilgan. “Elektron byudjet” portalining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil iqtisodiy sohadagi xarajatlar uchun 3,6 trillion rubl, mudofaa uchun esa 3,4 trln berilgan.
Pandemiyadan oldin iqtisodiyotga sarflangan xarajatlar mudofaa byudjetidan atigi ikki marta ko‘p bo‘lgan: 2014 yilda, neft narxi tushganida va 2009 yilda Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizga pasayganda.
LiveBarchasi