Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik uchun amnistiya e’lon qildi 

Olam

image

O‘zbekiston va Tojikistonning Rossiyaga kirishi taqiqlangan 300 ming fuqarosi RF Ichki ishlar vazirligi tomonidan afv etildi. Bu haqda Rossiya Muhojirlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan Rossiyaga kirishi taqiqlangan muhojirlar mamlakatga qaytishiga ruxsat berilishi mumkin. Sud qarori bilan chetlatilganlar sud organlari belgilagan muddatga qadar mamlakatga kira olmaydi.

Kojenovga ko‘ra, “amnistiya”ga tushgan Markaziy Osiyoning ikki davlati fuqarolari 18 avgustda ma’lumotlar bazasidan olib tashlangan, shuning uchun muhojirlar Ichki ishlar vazirligi saytida o‘zlariga Rossiyaga kirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini tekshirib olishi kerak bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning olti oyida 99 mingga yaqin chet el fuqarosining Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-leytenanti Valentina Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyining boshida RFda 7 millionga yaqin muhojir bo‘lgan, ulardan faqat “oz qismi” noqonuniy ravishda yashaydi. 

Ta’kidlanishicha, migratsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan, lekin ruxsat olish muddatlarini 30 sentyabrga qadar uzaytirmagan xorijlik ishchilar, shu yilning 30 dekabrigacha bo‘lishni qonuniylashtirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing