Rossiya hududidagi portlashda Ukrainaning qo‘li bormi? Zelenskiy izoh berdi
Olam
−
02 aprel 2022
23515Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Belgorod shahridagi o‘q-dorilar ombori va neft omboridagi portlashlarga izoh berdi. Bu haqda “Fox News” jurnalisti bilan suhbatda aytib o‘tgan.
Suhbat davomida Zelenskiyga Rossiya bilan chegaradosh shaharchadagi portlashlarni Ukraina kuchlari amalga oshirganmi, degan savol berilgan. Ukraina rahbari shunday javob berdi:
“Kechirasiz, men Bosh qo‘mondon sifatida o‘z buyruqlarimning hech birini muhokama qilmayman. Men faqat Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari bilan va ular men bilan gaplashganda o‘rtoqlashadigan fikrlarim bor”.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyo Ukraina urushishga qodir davlat ekanini bilishi kerak.
“Bizga hujum qilishdi. Muhimi shu. Bu eng katta fojia. Bugun esa Ukrainada urush ketayotgan bir paytda qayerdadir portlash bo‘layotgani haqida xabarlarni tinglash, ochig‘i, bu haqda gapirish noprofessionallik. Ular (ruslar – tahr.) bizning hududimizni bosib olishdi. Ular bizga hujum qilishdi. Bu urush 8 yildan beri davom etmoqda, shuning uchun u yoki bu vaziyatda nima bo‘lishidan qat’i nazar, men uchun izoh berish qiyin”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 aprel kuni tongda mamlakatning Belgorod shahrida “Rosneft”ga tegishli neft bazasida yong‘in chiqqandi. Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov neft bazasiga Rossiya hududiga past balandlikda uchib kirgan Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita vertolyoti zarba berganini iddao qilgan.
Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya rasmiylari tomonidan e’lon qilingan Ukraina Qurolli kuchlari Belgoroddagi neft omboriga zarba bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
LiveBarchasi