Rossiya hindlarni Ukrainaga qarshi urushga yuborgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Yollanma askarlarning oila a’zolariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan. Hindiston hukumati fuqarolarini qaytarib olish bilan shug‘ullanmoqda. 

“Biz ulardan ba’zilarini ortga qaytardik va qolganlarini ham qaytarish ustida ishlayapmiz”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Financial Times nashriga.

Vazirlik o‘z fuqarolarini Rossiya armiyasidan muddatidan oldin chaqirib olish maqsadida barcha ishlarni “faol davom ettirayotganini” aytgan. Urushga jo‘natilgan hindlar frontdan uzoqda ishlash va Yevropa Ittifoqi bilan chegarada yashash va’dalari bilan jalb qilingan.

Haydarobodlik Muhammad Imronning aytishicha, uning 30 yoshli ukasi Muhammad Asfan Rossiya armiyasi tarkibida Moskvada ishlash va qisqa vaqt ichida Rossiyada doimiy yashash huquqiga ega bo‘lish mumkinligi haqidagi YouTube’da joylangan videoni ko‘rib, ishongan.

U yo‘qolgan ukasini qidirish uchun shu hafta Rossiyaga bormoqchiligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukasi noyabr oyida Moskvaga borgan, unga rus tilidagi shartnomaga imzo qo‘ydirishgan, dekabrda esa Ukrainadagi frontga olib ketilgan. 

Bundan tashqari, Hindiston shimolidagi Panjob va Xaryana shtatlaridan Yangi yil munosabati bilan Rossiyaga sayohat qilgan bir guruh erkaklar qarindoshlariga videolavha yuborib, rasmiylardan zudlik bilan yordam so‘rashgan. Videoda ulardan biri sayohatga taklif qilgan odam tomonidan aldanganini va ular Belarusga kelganini, u yerda vizasiz kirib kelgani uchun “Rossiya armiyasiga topshirilganini” da’vo qiladi.

Shuningdek, aldangan “askarlar” uchun oyiga 2000 AQSH dollari va’da qilingani ham ma’lum bo‘lgan.

Rossiyaga borgan mehnat muhojirining Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolashga majbur qilinayotgani haqida avval ham bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made