Rossiya harbiylari ilk bor ISHIDning “poytaxti”ga kirdi

Olam

image

Rossiya harbiy xizmatchilari ilk bor ISHIDning sobiq “poytaxti” Rakka shahriga kirib bordilar. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Qayd etilishicha, ular mahalliy aholiga ikki ming dona oziq-ovqat to‘plamlarini berishgan. Shuningdek, shaharga barcha muhtojlarga yuqori malakali yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan harbiy shifokorlar ham yetib borgan. 

Rossiya urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi zobiti Vladimir Varnavskiyning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Rakka infratuzilmasi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tomonidan o‘tkazilgan ozod qilish operatsiyasi vaqtida to‘liq vayron qilingan.

“Minglab tinch aholi tanlanmagan havo va artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Shaharda hozirgacha vayronalarni tartibga keltirish, hududni minadan tozalash ishlari yakunlanmagan. Toza suv, dori-darmon va oziq-ovqat yetishmasligi kuzatilmoqda”, degan Varnavskiy.

Terrorchilar 2013 yil bahorida Suriyaning shimolida joylashgan Rakka shahrini egallab olgan edi. U yerda 250 mingga yaqin kishi qochib ketgan. Bir yil o‘tib uni ISHID poytaxti deb e’lon qilishdi.

2017 yil oktyabrida shahar xalqaro koalatsiya aviatsiyasining ko‘magida “Suriya demokratik kuchlari”ning bir necha oylik amaliyotidan so‘ng ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Rakka

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing