Rossiya ham Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishni boshladi

Olam

image
“Tolibon” AQSHga “qizil chiziq”ni ko‘rsatdi north_east

“Tolibon” AQSHga “qizil chiziq”ni ko‘rsatdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Prezident Putinning buyrug‘i asosida Rossiya, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ga a’zo davlatlar va Ukrainaning 500 dan ortiq fuqarosini Afg‘onistondan to‘rtta harbiy samolyot orqali evakuatsiya qiladi. Bu haqda TASS Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda. 

"Bugun, 25 avgust kuni Vladimir Putinning ko‘rsatmasi bilan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu tomonidan Rossiya, KXSHTga a’zo davlatlar (Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston) va Ukrainaning 500 dan ortiq fuqarosini Afg‘oniston hududidan harbiy samolyotlarida evakuatsiya qilishni tashkil qildi", deyiladi harbiy boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, evakuatsiya qilish uchun to‘rtta harbiy samolyot tashkil etilgan. Ushbu samolyotlar allaqachon Ulyanovskaya aeroportida jamlangan. 

"Harbiy samolyotlarning har birida parvoz vaqtida evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish va kerakli yordamni berish uchun zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar, shuningdek harbiy shifokorlarning tibbiy-hamshiralik guruhlari mavjud", deya ta’kidlamoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Bundan tashqari, samolyotlar ichimlik suvi, yopinchiq va oziq-ovqat ratsioniga ega.

Ushbu xabarda O‘zbekiston ham KXSHTga a’zo davlat sifatida keltirilib, ushbu mamlakat fuqarolari ham Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishi aytilgan. Biroq, O‘zbekiston KXSHT a’zosi emas. Prezident Mirziyoyev joriy yilning 23 avgust kuni KXSHTning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlab videoanjuman shaklida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi, xolos.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya evakuatsiya

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing