Ronalduning o‘g‘li qimmatbaho mashina xarid qildi
Sport
−
01 noyabr 7085 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi sardori Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Ronaldu Junior atigi 15 yoshida bo‘lishiga qaramay, o‘zining birinchi 265 ming yevrolik avtomobilini xarid qildi. Bu haqda “Telegrafi” nashri xabar berdi.
Kichik Ronaldu oq rangli Lamborghini Urus S mashinasi bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashdi va tez orada katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Mazkur modelning narxi qariyb 265 ming yevroni tashkil etadi. Avtomobil 650 ot kuchiga ega turbinali V8 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, atigi 3,5 soniyada 0 dan 100 km/soat tezlikka chiqadi va maksimal tezligi 305 km/soatni tashkil etadi.
Hozircha Ronalduning o‘g‘li haydovchilik guvohnomasiga ega emas. Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, u 18 yoshga to‘lganidan keyingina mashinani mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bois, hozircha u transport vositasidan faqat yo‘lovchi sifatida foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-16 terma jamoasiga chaqirilgani haqida xabar berilgan edi.