Ronaldu shokda: o‘g‘li bir haftada 9 mln dollar ishlatdi

Sport

image

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining kredit kartasidan foydalanib, bir hafta davomida 9 million dollardan ortiq mablag‘ni qimmatbaho buyumlarga sarflaganini aniqlagach, kartani bloklab, uning hisoblariga kirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi ma’lum muddat o‘g‘liga o‘z kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq bank hisobvarag‘idagi 1,8 million dollarlik tranzaksiya Ronalduning e’tiborini tortgan.

Shundan so‘ng, boshqa xarajatlar ham tekshirilgan. Aytilishicha, o‘g‘li bir hafta davomida superkarlar va turli qimmatbaho buyumlarga 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Ushbu raqamlardan so‘ng Ronaldu o‘z jamoasiga qo‘ng‘iroq qilib, kredit kartasini bloklatgani va o‘g‘lining hisoblariga kirish imkoniyatini cheklagani da’vo qilinmoqda. Biroq mazkur ma’lumotlar hozircha Krishtianu Ronaldu yoki uning vakillari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 16 yoshli Krishtianu Ronaldu Junior hozirda “Al-Nasr”ning yoshlar jamoasida o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing