Ronalduning maoshi qisqartiriladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” APLda mavsumni to‘rtinchi o‘rindan pastda yakunla-sa, hujumchisi Krishtianu Ronalduning maoshi qisqartirilishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda 36 yoshli forvard haftasiga 458 ming yevro ishlab topadi. Maoshi kamaygan taqdirda ushbu miqdor 345 ming yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq, agar “Qizil iblislar” Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmagan taqdirda, Ronaldu jamoadan ketishi haqida xabar berilgandi. Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 6 marta yevrokuboklarda g‘olib chiqqan “Real” afsonasi Fransisko Xentoning rekordini yangilamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu joriy mavsum APLda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. MYU esa 22 o‘yindan so‘ng 38 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Ronaldu

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing