Ronalduning bolalikdagi kumirlari kim bo‘lgani ochiqlandi 

Sport

image

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikki nafar braziliyalik afsona – Ronaldo va Ronaldinoning o‘yinini ko‘rib katta bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u “Sport Bible”ga bergan intervyusida aytdi.

“Men taqqoslashni yoqtirmayman. Ular futbolga katta meros qoldirgan. Aniq aytishim mumkin, men ulardan ko‘ra ko‘proq individual unvonlarni qo‘lga kiritdim, ammo ular Jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Men bu o‘yinchilarni juda yaxshi ko‘raman. Men ularning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganman. Ularning qaysi biri yaxshiroq ekanligi unchalik muhim emas”, deydi Ronaldu

Ma’lumot uchun, Ronaldo Nazario 2011 yilda, Ronaldino esa 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Har ikki to‘p ustasi Jahon chempionligi bilan birgalikda “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Ronaldino futboldagi yulduzlik davrini asosan “Barselona”da o‘tkazgan bo‘lsa, Ronaldo “Inter”, “Milan”, “Barselona” va “Real” kabi klublarda muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 1 milliardga yetgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing