Ronaldu JCHdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi deb topildi
Sport
−
05 iyun 4895 2 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari orasidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Sportico” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu so‘nggi 12 oy davomida soliqlar va agentlik komissiyalarini hisobga olmagan holda 295 million dollar daromad olgan. Uning 230 million dollari “Al-Nasr” bilan tuzilgan shartnoma hisobiga to‘g‘ri kelsa, yana 65 million dollari reklama va homiylik kelishuvlaridan kelib tushgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni “Inter Mayami” hamda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egalladi. U jami 140 million dollar daromad topgan bo‘lib, bu mablag‘ning 70 million dollari maydondagi faoliyatidan, qolgan 70 million dollari esa tijoriy loyihalar va reklama shartnomalaridan tushgan.
Kuchli uchlikni “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe yakunlab berdi. Fransiyalik futbolchi 100 million dollar daromad qilgan bo‘lib, shundan 70 million dollari maosh va mukofot pullari, 30 million dollari esa reklama shartnomalari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Top-10 ro‘yxatidan quyidagi futbolchilar ham o‘rin olgan:
- Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya terma jamoasi) – 80 million dollar;
- Vinisius Junior (“Real Madrid”, Braziliya terma jamoasi) – 60 million dollar;
- Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr terma jamoasi) – 55 million dollar;
- Sadio Mane (“An-Nasr”, Senegal terma jamoasi) – 54 million dollar;
- Riyod Mahrez (“Al-Ahli”, Jazoir terma jamoasi) – 53 million dollar;
- Jud Bellingem (“Real Madrid”, Angliya terma jamoasi) – 44 million dollar;
- Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya terma jamoasi) – 43 million dollar.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun