“Azob çekdim”. Ronaldu xayrlaşuv murojaatida nimalar dedi?
Sport
−
16:31 1069 3 daqiqa
Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qildi. 41 yoşli futbolçi ijtimoiy tarmoqlarda beş daqiqalik videomurojaat e’lon qilib, muxlislarga yillar davomida körsatgan qöllab-quvvatlovi uçun minnatdorlik bildirdi.
“Portugaliya xalqi uçun milliy terma jamoamizning 7-raqamli futbolkasini qaytariş vaqti keldi. Men uni heç qaçon faqat özimniki deb hisoblamaganman. Ammo 23 yil davomida uni kiyiş, himoya qiliş va butun dunyo stadionlariga olib çiqiş şarafi hamda mas’uliyatiga ega böldim. Bugun buni kelajakka qoldiriş vaqti keldi. Bu oson qaror bölmadi, çunki ba’zi qarorlar faqat aql bilan qabul qilinmaydi. Ular yurak bilan ham qabul qilinadi”, deydi Ronaldu.
Ronaldu terma jamoadagi faoliyati 2003 yil avgust oyida boşlanganini ta’kidlab, 23 yil davomida Portugaliya şarafini himoya qiliş uning uçun katta şaraf va mas’uliyat bölganini aytdi.
“Terma jamoadagi faoliyatim davomida öz imkoniyatlarim çegarasidan çiqişga intildim. Ğalaba qozonişni, eng yaxşi bölişni, tarixga kirişni xohladim. Men doimo özimdan köp narsa talab qildim. Har doim köproğini istadim va oldinga intilişimiz mumkinligiga işondim. Uşbu futbolka uçun bor kuçimni sarfladim. Unutilmas quvonçli kunlar va keçalar, heç qaçon yodimdan çiqmaydigan ğalabalar, eslaş qiyin bölgan mağlubiyatlar ham böldi. Men ham muvaffaqiyatsizlikka uçradim, azob çekdim, ba’zan portugal xalqiga ular kutgan narsani bera olmadim. Ammo heç qaçon taslim bölmadim. Eng muhimi, Portugaliya şarafini himoya qilişdan faxrlanişdan heç qaçon töxtamadim”, deydi Ronaldu.
Ronaldu gollar va sovrinlar bir kun kelib unutilişini, lekin insonlar qalbida egallagan örni abadiy qolişini aytdi.
“Bu yillar davomida juda oddiy haqiqatlarni angladim. Gollar unutiladi, sovrinlar muzeylarda qoladi, rekordlar esa bir kun kelib yangilanadi. Ammo vaqt heç qaçon öçira olmaydigan bir narsa bor: insonlar qalbidan egallagan örnimiz. Agar men qaçondir sizlarni xursand qilgan bölsam, gollarimdan biri kimnidir yaqinini quçoqlaşga, qiyin damlarni unutişga yoki mamlakatimiz bilan faxrlanişga undagan bölsa, demak, bularning barçasi bunga arziydi. Çunki portugaliyalik böliş ham aynan şuni anglatadi. Biz birga azob çekamiz, birga yuksalamiz va yana işonişda davom etamiz”, deydi Kriştianu.
U bayonotining yakunida uni qöllab quvvatlagan barça muxlislarda öz minnatdorligini bildirdi.
“Men butun umrimni dunyoning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun mehnat qilişga bağişladim. Bugun esa eng katta ğalaba dunyoning eng yaxşi mamlakatini himoya qiliş huquqiga ega böliş ekanini angladim. 23 yil uçun rahmat. Menga işonganingiz uçun rahmat. Madeyrada bolaligimda töp ortidan yugurib yurgan paytlarimda boşlangan orzuimni amalga oşirişimga imkon berganingiz uçun taşakkur. 7-raqamli futbolka men bilan qoladi. Uni kiyganimdan faxrlaniş tuyğusi esa abadiy men bilan böladi. Portugaliya hamişa mening bir qismim bölib qoladi”, deya murojaatini yakunlaydi Ronaldu.
Ma’lumot uçun, Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida jami 234 ta öyinda maydonga tuşib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Ronaldu terma jamoa bilan 2016 yilgi Yevropa çempionatida ğolib çiqqan. Şuningdek, u ikki marta (2018-2019 va 2024-2025 yillarda) UEFA Millatlar ligasida çempionlikni qölga kiritgan.
Live
Barchasi