Portugaliya Ronaldu uçun xayrlaşuv uçraşuvi taşkil qiladi
Sport
−
19:23 615 2 daqiqa
Portugaliya futbol federatsiyasi (PFF) Kriştianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaş haqida qaror qabul qilganidan söng futbolçi bilan xayrlaşdi. Şuningdek, taşkilot uning şarafiga tantanali xayrlaşuv marosimini ötkazişga va’da berdi. Bu haqda federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, 41 yoşli Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini e’lon qilgan edi.
“Barçasi uçun rahmat, sardor! Bu yer doimo sening uying bölib qoladi! 1000-goling sari olğa! Kriştianu Ronaldu Portugaliya nomini yuksaltirdi va uning izidan borişni orzu qiladigan yoş avlodlarga ilhom bağişladi. Köpçilik uçun u barça davrlarning eng yaxşi futbolçisidir”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Şuningdek, federatsiya futbolçi bilan munosib tarzda xayrlaşiş niyatida ekanini ta’kidladi.
“Federatsiya munosib hurmat körsatilmasdan xayrlaşuvga yöl qöymaydi. Biz Kriştianu Ronalduning buyuk faoliyatini yodga oliş uçun maxsus tadbir taşkil etişga qat’iy qaror qilganmiz”, deya ta’kidladi taşkilot.
Ma’lumot uçun, Ronaldu 2016 yilda Portugaliya bilan Yevropa çempioni bölgan. U milliy terma jamoalar tarixida eng köp öyin ötkazgan (234) va eng köp gol urgan (146) futbolçi hisoblanadi.
Beş karra “Oltin töp” sohibi, beş karra Çempionlar ligasi ğolibi bölgan Ronaldu rasmiy uçraşuvlarda kiritilgan gollar soni böyiça jahon rekordçisi hamdir. Ayni paytda u Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida töp tepmoqda. Faoliyati davomida “Sporting”, “Mançester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida ham öynagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşi haqida xayrlaşuv maktubini yozgandi.
Live
Barchasi