Ronaldu “Yunayted”da qoladimi? Unga faqat Saudiyadan taklif bor

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu ushbu transfer oynasida katta ehtimol bilan ingliz klubida qoladi. Bu haqda “The Athletic” nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi Manchester klubini shu yozda tark etishi deyarli imkonsiz. Bunga Ronalduning “Manchester Yunayted”ning mashg‘ulotlarida to‘laqonli ishtirok etayotgani yorqin misoldir.

Ronalduning potensial xaridorlarining doirasi tor. “Manchester Yunayted” unga faqat Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubidan aniq so‘rov oldi, xolos.

“Yunayted” omma oldida Ronaldu sotilmaydi degan pozitsiyani egalladi. Ammo jamoa ichida boshqacha fikr hukmronlik qilgan. Ronalduni sotishni istamaganlarning bir qismi ushbu pozitsiyasini klubning mavjud hujumchilarining kuchiga ishonchi komil emasligi bilan izohlagan. “Manchester Yunayted” rahbarlari Antoni Marsyal butun mavsum davomida barqaror o‘ynay olishiga shubha qilmoqda. 

Xulosa shuki, “Manchester Yunayted”ning mavsumoldi turnesi o‘tkazib yuborgan va Erik ten Xag qo‘li ostida deyarli mashg‘ulot o‘tamagan Ronaldu katta ehtimol bilan klubda qolsa kerak.

Avvalroq, 37 yoshli futbolchi Angliya Premer ligasining yangi mavsumi boshlanguncha “Yunayted”dan ketish niyatida ekani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Ronaldu “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing