Kerrik “Mançester Yunayted” rahbariyatidan norozi – OAV
Sport
−
12:12 554 1 daqiqa
Maykl Kerrik “Mançester Yunayted” boş murabbiyi lavozimidan böşatilganidan norozi va klub direktorlar kengaşiga e’tiroz bildirmoqda. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.
Naşrning xabar berişiça, Maykl Kerrik “Mançester Yunayted”dagi işdan böşatiliş jarayoni qanday keçganidan norozi bölgan.
Keça, 12 noyabr kuni ertalab Kerrik klubning Karringtondagi maşğulot bazasida boş ijroçi direktor Omar Berrada va futbol direktori Jeyson Uilkoks bilan uçraşgan. Suhbat davomida unga jamoa boş murabbiyi lavozimidan böşatilgani ma’lum qilingan.
Naşr ma’lumotiga köra, “Mançester Yunayted” rahbariyati Kerrikning noroziligi sabablarini tuşunadi. Şu bilan birga, klubdagi vaziyat qanday rivojlanganidan afsusda ekanini bildirgan. Rahbariyat qaror qabul qiliş jarayonida imkon qadar şaffoflikka rioya qilişga va belgilangan tartiblar asosida iş körişga harakat qilganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, Angliya Premer-ligasida 10 ta turdan söng “Mançester Yunayted” 8 oçko jamğargan holda turnir jadvalining 18-örnida bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq argentinalik mutaxassis Maurisio Poçettino “Mançester Yunayted” jamoasining yangi boş murabbiyi etib tayinlanişi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi