Poçettino MYU boş murabbiyi etib tayinlandi – Romano

Sport

−

image

Argentinalik mutaxassis Maurisio Poçettino Angliyaning “Mançester Yunayted” jamoasining yangi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga köra, “Mançester Yunayted” Maurisio Poçettinoni yangi boş murabbiy etib tayinlagan. Kelişuv yakunlandi va AQŞ futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. 

“The Athletic” naşrining xabar berişiça, mankunianliklar murabbiy uçun tovon puli sifatida AQŞ futbol federatsiyasiga 10 million dollar tölaşadi. Argentinalik mutaxassis bilan 2029 yilning yoziga qadar möljallangan şartnoma imzolanadi.

Kelişuv haqidagi rasmiy xabar bugun, 13 noyabr kuni e’lon qilinişi mumkin.

Ma’lumot uçun, “Mançester Yunayted” ayni paytda Angliya Premer-ligasi jadvalida 18-örinda bormoqda. Jamoa joriy mavsumda ötkazgan dastlabki 10 ta uçraşuvning faqat bittasida ğalaba qozongan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Mançester Yunayted” jamoa boş murabbiyi Maykl Kerrik bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing