MYU futbolçilari Poçettinoning tayinlanişidan norozi – OAV
Sport
−
18:43 429 2 daqiqa
“Mançester Yunayted”ning bir qator futbolçilari Maurisio Poçettinoning boş murabbiy etib tayinlanişidan norozi bölmoqda. Bu haqda “talkSPORT” naşri xabar berdi.
Naşrga köra, futbolçilar Unai Emerining Maykl Kerrik örnini egallaşiga umid qilişgan. Ayrim futbolçilar ispaniyalik mutaxassisni Poçettinodan kuçliroq murabbiy deb hisoblaşadi va uning jamoani boşqarişini istaşgan.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilişiça, “Mançester Yunayted” Maurisio Poçettino bilan asosiy şartlari böyiça oğzaki kelişuvga erişgan. “Qizil iblislar” AQŞ termaga Poçettinoning 10 million dollarlik tovon pulini tölaş imkoniyatidan foydalanişni rejalaştirmoqda.
Manbaga köra, “Mançester Yunayted” rahbariyati Emerini “Aston Villa”dan ketişga köndirişi qiyin bölgan.
Ma’lumot uçun, 45 yoşli Kerrik joriy yilning yanvar oyida “Mançester Yunayted” boş murabbiyi etib tayinlangan. Unga qadar ikki marta jamoada vaqtinçalik boş murabbiy vazifasini bajargan: 2018 yilda Joze Mourino ketganidan keyin va 2021 yilda murabbiylar ştabida faoliyat yuritgan Ole-Gunnar Sulşer iste’foga çiqarilganidan söng.
2022 yildan 2025 yilgaça Kerrik “Midlsbro” boş murabbiyi bölib işlagan. U futbolçilik faoliyati davomida “Mançester Yunayted” bilan beş marta Angliya çempionligini, Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi va klublar örtasidagi Jahon çempionatini qölga kiritgan. Joriy yilning may oyida “Mançester Yunayted” Kerrik bilan şartnomani 2028 yilgaça uzaytirgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Mançester Yunayted” Maykl Kerrikni iste’foga çiqargandi.
Live
Barchasi